Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada jazodan qochib ketgan AQShdagi boy oila a'zosi bo‘lgan o‘smir qo‘lga olindi
Meksikada shartli jazodan qochib ketgan 18 yoshli amerikalik o‘smir Itan Kouch qo‘lga olindi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Kouch va uning onasini mahalliy huquqni muhoafaza qilish organlari Puerto-Valyart kurort shahri yaqinida aniqlashgan.
Kouch 2015 yilning dekabrida Texas shtatining Tarrant okrugida nazorat ostida bo‘lganida yo‘qolib qolgan edi. U ikki yil muqaddam mast holatda avtomobil boshqarib, to‘rt kishini urib yuborib, ularning hayotiga zomin bo‘lgan edi.
Kouchning o‘smirlarni qidirish bilan shug‘ullanuvchi AQSh federal marshallari xizmatiga topshirilishi kutilmoqda. Uning joylashgan o‘rnini ma'lum qilganlarga 5 ming dollar mukofot e'lon qilingan edi. Ayni paytda o‘smirni qamoqqa olish to‘g‘risida order chiqarilgan. Prokuror ma'lumotlariga ko‘ra, Kouch probatsiya (sinov) shartlarini buzgani uchun 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
O‘smirning onasi ham AQShda bedarak yo‘qolgan, deb e'lon qilingan edi. Biroq endi hukumat uni o‘g‘liga qochishda yordam bergan, deb hisoblamoqda.
Kouch ishi AQShda jamoatchilik o‘rtasi qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Sud o‘smirni 16 yoshligida 10 yil muddatga shartli jazoga hukm qilgan edi. Prokurorlar esa bu muddatni 20 yilga cho‘zishni talab qilgandi. Advokatlar xatti-harakati evaziga sud jazoni ijro etish muassasasi o‘rniga o‘smirni xususiy shifoxonaga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.
Kouch esa unga o‘xshash kishi alkogol iste'mol qilgan holda o‘yinda ishtirok etgan kechada tushirilgan videoyozuv paydo bo‘lganidan so‘ng yashiringan. Yozuvda Kouch ustiga stakanlar qo‘yilgan stol yonida turgani ham ko‘ringan.