Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 21:22 / 29.12.2015
9959
1 daqiqa o‘qiladi
Mercedes-Benz “Chingizxon” markali avtomobil ishlab chiqaradi
Yirik nemis avtokonserni Mercedes-Benz “Chingizxon” markali S-klass avtomobil ishlab chiqarishni mo‘ljallayapti.
Yangi marka asosi qilib mo‘g‘ul haykaltarosh va rassomi D. Erdembileg dizayni olinadi, deb xabar beradi zaluu.com.
Mo‘g‘ulistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi D. Erdembileg Tsonjinboldogda joylashgan Chingizxon yodgorligi, sumo g‘oliblari taqdirlanadigan “Uch kurashchi” mo‘g‘ul kubogi, Budda haykali hamda “Morin xuur” minorasining muallifi va bosh dizayneri hisoblanadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish