00:43 / 29.12.2015
5500

Qirg‘iziston hukumati dang‘illama uylar va qimmatbaho mashinalarga soliq stavkasini oshirmoqchi

Qirg‘iziston hukumati dang‘illama uylar va qimmatbaho mashinalarga soliq stavkasini oshirmoqchi. Bu haqda Qirg‘iziston iqtisodiyot vazirligida ma'lum qilindi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, hukumat uzoq davom etgan muzokaralardan keyin savdoga solinadigan soliqdan (SSS) voz kechishga qaror qildi. Bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Natijada 200 kvadrat metrdan katta maydonga ega uylarga soliq stavkasini 0,35 foizdan 0,5 foizga ko‘tarish, 300 kvadrat metrdan katta maydonga ega uylarga esa 0,8 foiz qilib belgilash taklif qilinmoqda.

Transportga soliqni transportdan foydalanish muddati va ishlab chiqarilgan yiliga qarab oshirish taklif qilinmoqda. Oqibatda soliq stavkasi 1,2-2,3 barobarga oshadi.

Top