13:25 / 29.12.2015
2542

Qirg‘izistonda korrupsiyaning oldini olish bilan shug‘ullanuvchi mansab ta'sis etiladi

Qirg‘izistondagi har bir davlat organida yangi mansab – korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha vakil ta'sis etiladi. Bu haqda bugun, 29 dekabr kuni, parlamentning konstitutsion qonunchilik, davlat tizimi, sud-huquq masalalari va Jo‘qorg‘i Kengash reglamenti bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida aytildi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi stats-kotibi Ayday Qurmanovaning so‘zlariga qaraganda, adliya vazirligi “Manfaatlar ixtilofi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqqan. Bu qonunga muvofiq mansabdorlarga ma'lum talablar qo‘yiladi. Xususan, ularga xizmat vazifasidan foydalangan holda boshqalarga ta'sir o‘tkazish, qonun loyihalarining qabul qilinishiga yoki qabul qilinmasligiga ta'sir qilish, o‘z moddiy manfaatlari yo‘lida qarorlar qabul qilish taqiqlanadi.

Top