Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 21:38 / 29.12.2015
6292
1 daqiqa o‘qiladi
Ronaldo: Messi yerlik futbolchiga o‘xshamaydi, ammo Pele va Maradona barchamizdan yaxshiroq bo‘lgan
Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo dunyo futbolidagi eng kuchli futbolchilar haqida fikr bildira turib, argentinalik futbolchi Lionel Messining o‘yiniga baho berdi.
"Messi bu sayyora odamiga o‘xshamaydi. Krishtianu Ronaldu ham shunday. Lekin Leo undan biroz kuchliroq.
Uning o‘yini menga hammanikidan ko‘ra ko‘proq yoqadi. Uning harakatlari hamisha samarali bo‘ladi.
Pele va Maradona esa boshqa barcha futbolchilardan kuchliroq va yaxshiroq bo‘lgan", deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca nashri.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish