Jahon | 01:11 / 29.12.2015
5926
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya aviatsiyasi Suriyada uch kun ichida jangarilarning 556 obektiga zarba berdi

Rossiya aviatsiyasi Suriyada uch kun ichida jangarilarning 556 obektiga zarba berdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Bu haqda Bosh shtab bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudskoy ma'lum qildi.

Uning aytishicha, zarbalar Halab, Idlib, Lataqiya, Xama, Xoms, Damashq, Dayr az-Zaur va Raqqa viloyatlariga berilgan.

Rudskoyning ta'kidlashicha, aviatsiya Suriya hukumat kuchlarining hujumga o‘tishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida zarbalar berish jadalligini oshirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish