11:06 / 29.12.2015
3078

ShHT rahbari: tashkilot a'zolari o‘rtasida o‘zaro ishonch yangi bosqichga chiqdi

Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Dmitriy Mezentsevning fikricha, tashkilotga a'zo davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch yangi bosqichga ko‘tarilgan. Bu haqda u “Izvestiya” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Mezentsevning bosh kotiblik mansabidagi vakolati 31 dekabr kuni yakuniga yetadi.
“Birinchi navbatda asoschi davlatlarning o‘zaro aloqalari o‘zgardi, mustahkamlandi. Hamkorlik, ishonch, ShHTga a'zo davlatlar hamda kuzatuvchilar o‘rtasidagi diqqat-eʼtibor yangi bosqichga ko‘tarildi.

Kuzatuvchilarning deyarli barcha darajadagi tadbir va dialoglarda ishtirok etishi biz uchun odatiy holga aylandi”, - ta'kidladi Mezentsev.
Shuningdek, amaldor ShHT mintaqada AQShga qarshi turish vositasiga aylantirilayotgani haqidagi gap-so‘zlarni inkor qildi.
“Avval boshida ham, bugun ham asoschi davlatlar ShHTni boshqa biror kuchga qarshi qo‘ygani yo‘q”, - ta'kidladi u.

Top