Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda 1 mln so‘m o‘g‘irlagan yigit pulni bir kunda bazmu-jamshidga sarfladi
Sirdaryoning Yangiyer shahrida istiqomat qiluvchi Fozil ismli yigit o‘g‘rilik yo‘li bilan topilgan pullarni bir kunda ishlatib yubordi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, bir kuni u bozor yaqinida qoldirilgan mashina ichida bir taxlam pulni ko‘rib qolgan. Bir muddat taraddudlanib, pullarni o‘g‘irlagan, so‘ng tanishlari Aziz va Shavkatga uchragan. Uchovlon qo‘lga kiritilgan 1 125 000 so‘m pulni bir kunda ishlatib yuborishgan.
Bu vaqt esa huquq-tartibotchilar tegishli taftishlarni o‘tkazib, jinoyatchini aniqlaganlar va qo‘lga olganlar. Tez kunda qo‘lga tushgan Fozil jinoiy javbogarlikka tortilgan.