22:45 / 29.12.2015
6801

Toshkentning Nurafshon ko‘chasiga ko‘chib kelganlar Yangi yilni yangi uylarda kutib olishmoqda

O‘zbekiston Prezidentining 2014 yil 20 noyabrdagi Toshkent shahrining Eski shahar qismida zamonaviy turar joylar barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq shaharning ushbu hududida joylashgan, 5-6 oila birga istiqomat qilayotgan tor, eski hovlilar o‘rnida zamonaviy qulayliklarga ega ko‘p qavatli muhtasham uylar barpo etilishi davom etmoqda. Bugungi kunga kelib tayyor bo‘lgan uylarga ko‘chib o‘tganlar yangi yil bayramini yangi uylarda kutib oladigan bo‘lishdi.

"29 dekabr kuni ushbu yangi uylarga ko‘chib kirgan oilalar uchun tashkil etilgan Yangi yil bayrami tadbiri uy to‘ylariga ulanib ketdi", deya xabar qiladi UzA muxbiri.

"Bugungi kunda shunday uylarning 15 tasi foydalanishga topshirilib, ularda 414 oila istiqomat qilmoqda. Ularga qarab har qanday odamning havasi kelishi, shunday yaratuvchan, bunyodkor yurt farzandi ekanidan qalbi g‘ururga to‘lishi, inson omili ustuvor bo‘lgan bugungi dorilomon va yorug‘ kunlarimizga shukronalar aytishi, istiqlol ato etgan bebaho ne'matlarni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashi tabiiy", deyiladi xabarda.

Hozirgi kunda 2016 yil uchun mo‘ljallangan uylarning qurilishi olib borilmoqda. 2016 yilda 20 zamonaviy uy qurilib bitkazilishi ko‘zda tutilgan.

Top