Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada qochqinlar lagerlarida Yangi yil kuni mushaklar otilishi taqiqlandi
Germaniyaning bir qator shaharlarida Yangi yil bayrami kunlari vaqtida qochqinlar joylashtirilgan lagerlar yaqinida mushakbozlik qilish taqiqlandi. Bu haqda Frankfurter Allgemeine Zeitung xabar yozgan.
Hukumatning izoh berishicha, bu qaror nafaqat xavfsizlik nuqtai nazaridan, balki qochqinlarning ruhiy holatini nazarda tutgan holda qabul qilingan.
"Kim harbiy harakatlar hududida bo‘lgan bo‘lsa biladiki, o‘q va portlashlar ovozi mushaklarniki bilan o‘xshash. Biz shuni e'tiborga olgan holda, Yaqin Sharq hududidan kelgan kishilarning xotirasida urush hududlaridagi voqealar qayta jonlanib, ularga azob bermasligini ta'minlashni istaymiz", degan Arnsberg shahar kengashi vakili Kristof Sobbeler.
Shifokor Markus Byurgmerning ma'lum qilishicha, qochqinlar urush qoldirgan ruhiy asoratlardan chiqish jarayonida. Ular yana portlashlar tovushini eshitishi esa bu jarayonni buzib, qochqinlar orasida xavotirli kayfiyatlarni yuzaga keltirishi mumkin.
Nashrning yozishicha, qochqinlarning aksar qismi musulmonlar va ular Yangi yilni mahalliy nemislar kabi bayram qilishmaydi.