Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:34 / 30.12.2015
4462
1 daqiqa o‘qiladi
Iroq Turkiyadan yana bir bor qo‘shinlarini olib chiqib ketishni talab qildi
Iroq Turkiyadan yana bir bor qo‘shinlarini olib chiqib ketishni talab qildi. Iroq shimolida Turkiya harbiy guruhlari IShID guruhi jangarilariga qarshi kurash bo‘yicha o‘quvlar o‘tkazmoqda. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Iroq tashqi ishlar vaziri Ibrohim al-Ja'fariy Bag‘dod qo‘shinlarni tinch yo‘l bilan olib chiqishni talab qilishini bildirgan, ammo “urush tahdidi kelib chiqadigan taqdirda o‘z suverenitetimiz, o‘z fuqarolarimiz va o‘z resurslarimizni himoya qilamiz” deb ta'kidlab o‘tgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish