Jahon | 20:43 / 30.12.2015
4944
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov o‘zining o‘zgacha o‘tgan Yangi yil bayrami haqida esladi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘zining eng noodatiy o‘tgan Yangi yil bayrami haqida eslab o‘tdi.

Vazirning aytishicha, bu uning talabalik vaqtida ro‘y bergan.

"Biz tez-tez safarlarga chiqib turar edik. Moskva davlat xalqaro munosabatlar universitetida (MDXMU) o‘qigan vaqtlarimda yoz faslida har yili qurilish maydonlariga borardik. Qishki ta'til vaqtida esa Arxangelsk guberniyasiga, Kola yarim oroliga yoki Kareliyaga borar edik", deydi Lavrov "Zvezda" telekanaliga bergan intervyusida.

Uning aytishicha, shunday safarlardan birini Yangi yil kuni bayramlariga to‘g‘ri kelgan.

"Bayramni o‘rmondagi palatka ichida kutib olganmiz. Sovuq edi, lekin biz xush kayfiyatda edik", deydi Lavrov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish