21:20 / 30.12.2015
3844

Lukashenko Belarus dunyoning eng tinchlikparvar davlati ekanini aytdi

Belarus hamisha dunyoda tinchlik ta'minlanishi uchun siyosiy ziddiyatlarning bartaraf etilishi tarafdori hisoblanadi. Bu haqda mamlakat prezidenti "BelTA" agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

"Bizning pozitsiyamiz tahsinlarga loyiq. Chunki belarus xalqi va Belarus hukumati hamisha tinchlik tarafdori bo‘lib kelgan. Biz urushlarni yoqlamaymiz. Biz Ukraina, Suriya, Liviya va Iroqdagi voqealarni qattiq qoralaymiz va hech qachon urushlarni ma'qullamaymiz", deydi Lukashenko.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Belarus bunday nizolar doirasidan tashqarida turadi va boshqa mamlakatlarning ishiga ham aralashmaydi.

"Ukrainadagi siyosiy inqirozni hal qilishga qaratilgan muzokaralarning Minskda o‘tkazilishiga ham sabab shuki, dunyoda Belarus kabi tinchlikparvar davlat yo‘q", deydi Lukashenko.

Top