16:03 / 30.12.2015
2749

«Manchester Yunayted» «Real»dan Xames Rodrigesni sotib olmoqchi

"Real" jamoasining kolumbiyalik yosh yarim himoyachisi Xames Rodriges Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda independent.ie nashri xabar tarqatgan.

Manbaning yozishicha, 24 yoshli futbolchi ayni vaqtda inglizlar bilan muzokara o‘tkazmoqda.

Futbolchining transfer qiymati 59 mln funt sterlingni tashkil etishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Rodriges joriy mavsumning birinchi yarmida jarohat tufayli 2 oy maydonga tusha olmadi va atigi 8ta o‘yinda jamoasiga yordam bera oldi. U bu o‘yinlarda 3ta gol urib, 4ta golli pas amalga oshirgan.

Xames Benitesni o‘ziga nisbatan hurmatsizlik qilayotganlikda ayblamoqda

Xames “Real” tarkibida eng ko‘p maosh oladigan futbolchi bo‘lish istagini bildirdi

Top