Jamiyat | 17:25 / 30.12.2015
8323
1 daqiqa o‘qiladi

O‘ziga metall buyumlarni tortadigan toldiqo‘rg‘onlik 3 yashar qizaloq internet yulduziga aylandi

Qozog‘istonning Toldiqo‘rg‘on shahrida yashovchi 3 yoshli Qizg‘aldoq Rohatqizi metall buyumlarni o‘ziga tortish xususiyatiga ega. Bu haqda bir qator mahalliy nashrlar yozib chiqishdi, deb xabar bermoqda nur.kz nashri.

Qizda magnetik qobiliyat bir oycha muqaddam paydo bo‘ldi. Shundan buyon u qo‘g‘irchoqlar emas, tangalar va qoshiqlar bilan o‘ynab kelmoqda.
“Qizimning barcha tibbiy ko‘rsatkichlari joyida, sog‘lig‘i joyida. Hozir u og‘irroq narsalar, masalan, dazmolni o‘ziga tortib olishga urinmoqda”, - deydi uning onasi Hojar Ramazonova.

Zamonaviy fan magnetik insonlarning borligini tan oladi, lekin bu xususiyatga hozircha aniq tushuntirish berilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish