Jahon | 23:58 / 30.12.2015
5608
1 daqiqa o‘qiladi

Putin FXX tomonidan qurol ishlatilishi qoidalari to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tomonidan qurol va jismoniy kuch ishlatilishi qoidalari to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Jumladan, FXX xodimlariga ayollar, nogironlar va balog‘atga yetmaganlarga nisbatan, ular qurolli qarshilik ko‘rsatgan yoki hujum qilgan hollardan tashqari, shikastlash maqsadida qurol qo‘llash taqiqlanadi.

Shuningdek, FXX xodimlari va ularning oila a'zolariga xorijda hisob raqamlariga ega bo‘lish va xorijiy moliyaviy instrumentlardan foydalanish taqiqlanadi.

Avvalroq Davlat dumasi tomonidan qabul qilingan FXX haqidagi qonun maxsus xizmat xodimlariga fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga bevosita tahdid solingan vaziyatda ogohlantirishsiz qurol qo‘llash huquqini berishi ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish