17:57 / 30.12.2015
4566

Rossiya hukumati turkiyalik biznesmenlarga mamlakatda turistik biznes yuritishni taqiqladi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Turkiya kompaniyalarining Rossiya hududida olib borishi taqiqlanadigan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqladi. Hujjat hukumat saytida e'lon qilindi.

Ro‘yxatga quyida faoliyat turlari kiritildi: binolar, muhandislik inshootlari qurish, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari; turistik agentliklar hamda turizm sohasida xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlar faoliyati; mehmonxonalar va turdosh xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati; davlat va munitsipal ehtiyojlar ta'minoti uchun xizmat ko‘rsatish; yog‘ochni qayta ishlash.Hujjat 2016 yil 1 yanvaridan kuchga kiradi. Imzolab bo‘lingan shartnomalarga nisbatan hujjat amal qilmaydi.

Top