Jahon | 06:45 / 30.12.2015
4502
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni va Turkiya qo‘shma strategik kengash tuzishadi

Saudiya Arabistoni va Turkiya hukumatlari ikki davlat o‘rtasida strategik hamkorlik kengashini yaratish haqidagi kelishuvga keldilar, deb ma'lum qildi Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

“Qirol Salmon Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan strategik kengash tuzishni muhokama qildi”, deb aytdi al-Jubayr.  

Al-Jubayrning aytishicha, ushbu kengashning ta'sis etilishi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda “katta olg‘alashga”ga imkon beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish