07:56 / 30.12.2015
5654

Tramp Obamani muammolarni hal qilish bilan shug‘ullanish o‘rniga "Yulduzlar jangi"ni tomosha qilgani uchun tanqid ostiga oldi

AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan milliarder Donald Tramp mamlakatning amaldagi prezidenti, Demokratlar partiyasi vakili bo‘lmish Barak Obamani dunyoga va Qo‘shma shtatlarga terrorizm tahdid solib turgan bir vaqtda "Yulduzlar jangi" filmining yangi qismini tomosha qilish bilan band bo‘lgani uchun tanqid qilib chiqdi. U bu hodisaga munosabatini o‘z instagramiga joylashtirilgan videoda ifoda qilgan.

"Biz jiddiy urush holatidamiz. Bizning prezidentimiz esa boshqa bir ish bilan band bo‘lib qoldilar", deydi Tramp videoda.

Rolikda Obamaning 18 dekabr kungi chiqishidan bir parcha ham keltirilgan.
"Men "Yulduzlar jangi" filmi premerasiga ulgurishim kerak", deydi unda Obama.

Videoda Tramp nomidan AQSh "haqiqiy prezidentga muhtojligi"ni, "mamlakatga haqiqiy yetakchi saylash fursati kelgani"ni ta'kidlab o‘tilgan.

Shuningdek, videoda San-Bernardino terakti ijrochilari qalbaki Suriya pasportlaridan foydalangani haqida lavha joy olgan.

Bundan oldinroq, Oq uy rasmiy vakili Josh Ernest “Yulduzlar jangi” filmidagi imperiya askarlari bilan suratga tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Top