Jahon | 20:21 / 30.12.2015
7124
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada suriyalik 4 yoshli qochqin bola cho‘kib ketdi

Turkiya politsiyachilari Istanbulning O‘rtako‘y tumanidagi dengiz qirg‘og‘idan 4 yoshli suriyalik qochqin bola Metin Faysalning tanasini topishdi. Doğan agentligining ma'lum qilishicha, uning oilasi uzoq muddatdan buyon qochqin sifatida Turkiyada yashab kelgan.

Politsiya ma'lumotlariga qaraganda, bola 16 dekabr kuni Eminonyu tumanida yo‘qolib qolgan. Uning onasi jasadni tanidi, ammo ayni paytda patologoanatomlarning o‘lim sabablari yuzasidan xulosasi tayyor emas. Politsiya tergov ishlarini davom ettirmoqda.

Turkiya hududida Suriyadan kelgan 2 mln qochqin yashashda davom etmoqda. Ularning ayrimlari Turkiya orqali Gretsiyaga o‘tib, u yerdan Yevropaning ichki qismlariga kirib borishga urinmoqda, bunda qochqinlar odatda xatarli dengiz yo‘lini tanlamoqda.

Qayiqlarning ortiq darajada to‘lib ketgani, xavfsizlik qoidalariga rioya etilmasligi, malakali dengizchilarning yo‘qligi va qutqaruv vositalarining mavjud emasligi tufayli o‘nlab qochqinlar cho‘kib ketmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish