11:21 / 30.12.2015
4588

Yo‘lbars Amur va echki hayotini translyatsiya qilayotgan sayt tashrifchilarning ko‘pligi tufayli bloklanib qoldi

Primore safari bog‘ida "do‘stlashgan" yo‘lbars Amur va echki Timurning kundalik hayotini kechayu-kunduz onlayn tartibda kuzatish imkoniyati paydo qilingan sayt birinchi kundanoq haddan tashqari ko‘p tashrif kuzatilishi tufayli bosimni ko‘tara olmasdan ishlamay qoldi.

"Foydalanuvchilardan uzr so‘raymiz. Saytimizga ko‘p miqdordagi tashrif kuzatilishi tufayli sayt hostingida server bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lib, sayt blok bo‘lib qoldi. Ayni vaqtda bu texnik nosozlikni tuzatish ustida ish olib borilmoqda", deyiladi saytning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Bugun, 30 dekabr kuni tongida bog‘da o‘rnatilgan to‘rtta videokamera tasvirini bog‘ning rasmiy saytiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, jonli ravishda uzatib borish yo‘lga qo‘yilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma'muriyatiga yo‘naltirilgan petitsiyada yo‘lbars Amur va echki Timurning do‘stlik hikoyasini kadrlarga muhrlash taklif qilingan edi.

Top