10:04 / 31.12.2015
5427

"Barselona" braziliyalik yosh futbolchi bilan shartnoma tuzdi

Braziliyaning "Fluminense" jamoasi vakili Robert Gonsalvesh ijara shartnomasi asosida "Barselona" jamoasiga o‘tdi. Bu haqda kataloniyaliklar jamoasi saytida xabar qilingan.

U bilan 2015-2016 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma tuzilgan.

19 yoshli braziliyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Payshanba kunidan boshlab u "Barselona B" jamoasi mashg‘ulotlarida qatnashishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Gonsalvesh joriy mavsumda Braziliya chempionatining 4ta o‘yinida ishtirok etdi va bitta gol urdi. Uning hisobida Braziliya yoshlar jamoasi safida o‘tkazilgan 3ta o‘yin bor.

Top