15:47 / 31.12.2015
7961

Dog‘istondagi qal'aga hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi

IShID 30 dekabr kuni Dog‘istonning Darband shahridagi Narin Qal'a qal'asida yuz bergan otishma uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda SITE Intelligence guruhi saytida ma'lum qilingan.

30 dekabrga o‘tar kechasi 2 nafar noma'lum shaxs shaharning tog‘li hududida joylashgan Narin Qal'aga tashrif buyurgan sayyohlarga qarata o‘t ochgandi.

Hujum oqibatida 11 kishi yaralandi, yana bir kishi jarohatlanish natijasida shifoxonada halok bo‘lgandi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari otishma qal'aga tutash o‘rmon hududidan turib amalga oshirilganini aytishgan.

Bundan oldinroq, bu hujumdan jabrlanganlarning aksari mahalliy aholi vakillari bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Top