17:04 / 31.12.2015
9248

Yemelyanenko ringga qaytishidan keyingi ilk jangida nokaut bilan g‘alaba qozondi

Bugun, 31 dekabr kuni aralash qoidalar bo‘yicha rossiyalik mashhur sportchi Fedor Yemelyanenko katta sportga qaytganidan keyin ilk jangida hindistonlik 28 yoshli Jaydip Singhga qarshi ringga chiqdi.

Yaponiyadagi Rizin FF musobaqasi doirsida Toshkent vaqti bilan soat 15:05da boshlangan bu jangning to‘rtinchi daqiqasida referi hindistonlik sportchi Rossiya vakilining zarbalariga dosh bera olmayotgani uchun jangni to‘xtatdi.

Qayd etish kerakki, u 3 yillik tanaffusdan keyin ilk marta rasmiy jang o‘tkazdi.

Yemelyanenko shu yilning 14 iyulida sportga qaytishi haqida ma'lum qilgandi.

Ma'lumot uchun, professional faoliyati davomida 40 jangda qatnashgan Fedor ularning 35tasi g‘alaba qozongan. To‘rt marta mag‘lubiyatga uchragan. Yana bir jang natijasi hisobga olinmagan.

Top