18:36 / 31.12.2015
4368

Istanbulda kuchli qor yog‘ishi tufayli yuzlab aviareyslar bekor qilindi

Turkiyaning Istanbul shahrida yog‘ayotgan kuchli qor megapolisda transportlarning ko‘chalarda tirbandligini yuzaga keltirdi va shahardagi ikki aeroportda 31 dekabr-1 yanvar kungi 300ga yaqin aviareysning bekor qilinishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Haber7 nashri xabar bermoqda.

Yomon ob-havo sharoitlari Istanbuldagi Otaturk va Sabih Gekchen aeroportlarida ishlashni murakkablashtirgan. Kuchli jala va qor bo‘ronlari aviakompaniyalar yuzlab reyslarini bekor qilishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu bilan birga, ko‘plab maktablarda o‘quv mashg‘ulotlari noqulay ob-havo tufayli bekor qilingan. Jamoat transportida qiyinchiliklar yuzaga kelgan. Ko‘chalarni qordan tozalash ishlariga 1,1 ming texnika jalb etilgan.

Meteorologlarning aytishicha, qorbo‘ronlari Istambulda juma kuniga qadar davom etadi.

Bundan oldinroq, qorbo‘ronlari tufayli Istanbul aeroportida Turkish Airlines`ning 142ta reysi bekor qilingani haqida xabar berilgandi.

Top