15:15 / 31.12.2015
5859

Mumbaydan Londonga uchayotgan samolyot kalamush tufayli yarim yo‘lda ortga qaytdi

Air India yo‘lovchi tashuvchi aviakompaniyasi samolyoti Mumbaydan Angliya poytaxti London shahriga uchish vaqtida bortdagi kalamush tufayli ortga qaytdi. Bu haqda BBC News xabar tarqatdi.

AI 131 reysi bo‘yicha harakatlanayotgan samolyot Eron osmonidaligida yo‘lovchilardan biri styuardga kalamush haqida aytgan. Shundan keyin samolyot zudlik bilan burilib, aeroportga qaytgan va yo‘lovchilar Londonga uchuvchi boshqa samolyotga chiqarilishgan. Lekin samolyot bortidan kalamush topilmagan.

Shunga qaramasdan, bu reysning ortga qaytarilishi to‘g‘ri qaror bo‘lgani aytilgan. Samolyotda kalamush bo‘lishi xavfli ekani ta'kidlangan.

Ma'lumot uchun, Air India davlat aviakompaniyasi Hindistondagi eng yetakchi yo‘lovchi tashuvchi bo‘lib, kompaniyaga tegishli samolyot mamlakat ichida ham, xalqaro yo‘nalishlarda ham harakatlanadi. Mumbaydagi aeroport esa kompaniyaning asosiy nuqtalaridan biridir.

Top