Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 23:56 / 31.12.2015
3078
1 daqiqa o‘qiladi
Neymar Yevropada o‘ynayotgan braziliyalik eng yaxshi futbolchi bo‘ldi
"Barselona" hujumchisi Neymar qatorasiga ikkinchi marta Yevropada o‘ynayotgan braziliyalik eng yaxshi futbolchi sifatida tan olindi va Samba Gold mukofotini qo‘lga kiritdi.
Neymar uchun muxlislarning 37,87 foizi ovoz bergan. 23 yoshli hujumchidan so‘ng "Bavariya" yarim himoyachisi Duglas Kosta 13 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinda joylashgan.
"Inter" yarim himoyachisi Filipe Melo esa 9,39 foiz ovoz bilan uchinchi o‘rinda qolgan. "Zenit" hujumchisi Xalk esa 3,7 foizlik ko‘rsatkich bilan sakkizinchi o‘rinda qolgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish