Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Bill Klintonni “eng katta tajovuzkorlardan biri” deb atadi
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp AQShning sobiq prezidenti Bill Klintonni “dunyoning eng katta tajovuzkorlaridan biri” deb atadi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, Tramp Bill Klintonga nisbatan bunday tanqidlarni Klinton o‘z rafiqasi Xillari Klintonni prezidentlik kampaniyasida qo‘llab-quvvatlashni boshlagandan oldinoq bildirishni boshlagan.
Milliarder NBC kanaliga bergan intervyusida Bill Klinton o‘z yordamchisi Monika Levinski bilan ishqiy munosabatlarga kirganini eslatib o‘tdi. Shu sababli Tramp sobiq prezident “jins bo‘yicha tahqirlashga” moyilligi borligini aytdi. Trampning o‘zi Xillari Klintonning unga bildirgan ayollarga nisbatan hurmatsizlik qilishi haqidagi ayblovlarini rad etdi.