Jahon | 15:27 / 01.01.2016
4584
2 daqiqa o‘qiladi

2015 yilda Afg‘onistonda NATOning 27 nafar askari halok bo‘ldi

Afg‘onistonning Pajhwok axborot agentligi xabariga ko‘ra, 2015 yilda Afg‘onistonda NATOning 27 nafar askari halok bo‘lgan. Bu tashkilotning mamlakatdagi so‘nggi 14 yil ichidagi eng kam askar yo‘qotgan holatidir, deyiladi manbada.

Hukumatga qarshi kuchlarga qarshi kurashayotgan afg‘on qurolli kuchlari orasida halok bo‘lganlar va yaradorlar soni bu yil hisobiga ko‘ra ortgan.

Pajhwok agentligi bergan ma'lumotga ko‘ra, NATO askarlari orasida halok bo‘lgan 27 nafar askarning 22 nafari amerikalik hisoblanadi. 2015 yilda NATO uchun Afg‘onistondagi eng qonli oy oktabr hisoblanadi. 10 oktabr kuni Bagramda terrorchi-xudkush hujumi natijasida olti nafar amerikalik askar, shuningdek, ofitser ayol halok bo‘lgan.

Eng tinch oylar esa noyabr, iyul, mart va yanvar bo‘ldi. Shu oylarda tashkilotning birorta ham askari halok bo‘lmagan.

Taqqoslash uchun, 2014 yilda Afg‘onistonda NATOning 75 askari halok bo‘lgan edi.

AFg‘onistonda NATO uchun eng qirg‘inli vaqt 2001 yildan 2010 yilgacha vaqt ichida bo‘lgan. O‘shanda tashkilotning 711 nafar harbiysi mamlakatda halok bo‘lgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish