Jahon | 15:00 / 01.01.2016
7324
2 daqiqa o‘qiladi

2015 yilda Suriyadagi urush oqibatida 55 mingdan ko‘proq odam halok bo‘lgan

Suriyaning inson huquqlari bo‘yicha kuzatuv punkti 2015 yilda Suriyada urush oqibatida 55219 nafar odam, xususan 13429 nafar tinch aholi vakili va 2574 bola halok bo‘lganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda AFP axborot agentligi.

Huquq himoyachilarining ma'lumotlariga ko‘ra, avvalgi yillar kabi 2015 yilda halok bo‘lganlarning katta qismini janglarda ishtirok etganlar, jumladan 7798 nafar isyonchi va 16 mingdan ko‘proq IShID jangarisi tashkil qilgan. Suriya hukumat qo‘shinlari tomonida jang qilgan 1214 nafar horijiy jangari halok bo‘lgan. Shuningdek, shaxsi hali aniqlanmagan yana 274 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilindi.

2014 yilda esa 76021 odam halok bo‘lgan. Suriyadagi ixtilof boshidan beri mamlakatda 260,758 odam halok bo‘lgan, ulardan 76 mingdan ko‘prog‘i tinch aholi vakili bo‘lgan. Umumiy miqdorda 45 ming isyonchi va 95 mingdan ko‘proq jang ishtirokchisi halok bo‘lgan.
Yana 40121 nafar jangari AQSh boshchiligidagi koalitsiya va Rossiya harbiy samolyotlari tomonidan yo‘q qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish