Jahon | 09:34 / 01.01.2016
9706
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yilning 1 yanvaridan boshlab Rossiyaning Turkiyaga nisbatan sanksiyalari kuchga kirdi

Rossiyada 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab, hukumat tomonidan ko‘rsatma berilgan, Rossiya fuqarolarining Turkiyaga vizasiz chiqish rejimi kuchga kirdi.

«Bu Rossiya Federatsiyasining va fuqarolarning xavfsizligi bilan bog‘liq. Turkiya orqali turli joylarga jangarilar yo‘nalmoqda», — dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

Anqara o‘tgan yilning dekabrida Moskvaning vizasiz rejimiga javoban, hech qanday shunga o‘xshash rejim qo‘llamasligini ma'lum qilgan edi. Rossiyadagi turk diplomatlari «rus xalqini do‘st hisoblashlarini, ikki davlat o‘rtasidagi yaxshi munosabatlar davom etishini xohlashlarini» aytishgan edi.

Shuningdek, Rossiyaga 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab Turkiyaning mandarinlari, pomidorlari, bodringlari, shu bilan birga bir qator meva-sabzavot mahsulotlari ham kirib kelishi to‘xtatiladi. Taqiqlangan mahsulotlar orasida muzlatilgan tovuq, tuz va gul ko‘chatlari ham bor.