Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 20:17 / 01.01.2016
4443
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda neftni eksport qilishga 40 yillik embargodan keyin ilk neft partiyasi eksport qilindi
AQShda neftni eksport qilishga 40 yillik embargo bekor qilingandan keyin ilk neft partiyasi xaridorga yetkazib berildi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.
AQShning Theo T tankeri Shveytsariyaning Vitol treyding guruhiga mo‘ljallangan ConocoPhillips korporatsiyasining Texas nefti bilan Corpus Christi portidan yo‘lga tushdi.
Yaqin kunlarda Xyuston portidan yo‘lga tushadigan yana bitta tanker Vitol uchun neft yetkazib beradi.