Jahon | 08:25 / 01.01.2016
4706
1 daqiqa o‘qiladi

Barcha xitoylik oilalarga 40 yil ichida birinchi marta 2 nafardan farzand ko‘rishga ruxsat berildi

2016 yil 1 yanvardan Xitoyda 2 nafar farzand ko‘rishga ruxsat beruvchi qonun kuchga kirdi. Bu qonun 2015 yil 27 dekabrda qabul qilingandi. 

“Davlat bir oila ikki farzand ko‘rishi tamoyilini qo‘llab-quvvatlaydi”, deb aytilmoqda qonunda. Qonun Xitoy Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasining 5-plenumi qarori asosida qabul qilindi.

Xitoyda bungacha 40 yil davomida “bir oilaga – bir farzand” siyosati amal qilgan. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, bu siyosat 40 yil ichida Xitoyda 400 mln odamning tug‘ilishining oldini olgan. Ayni paytda Xitoyda bir farzandni tarbiya qilayotgan farzand ko‘rishga layoqatli yoshda bo‘lgan 140 mln ga yaqin ayol bor. Xitoy Sog‘liqni saqlash va rejali farzand ko‘rish masalalari bo‘yicha davdat qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 90 mln bunday ayol farzand ko‘rish istagini bildirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish