Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubaydagi mehmonxonada chiqqan yong‘in oqibatida 15 kishi jarohat oldi, 1 kishi yurak xurujidan vafot etdi
Dubay markazida joylashgan The Adress Hotel osmono‘par mehmonxonasida chiqqan yong‘in oqibatida 16 kishi jabrlangan, ulardan birida evakuatsiya vaqtida yurak xuruji yuz bergan. Bu haqda shahar hukumati tvitterda ma'lum qildi.
“14 kishi yengil, bir kishi o‘rta darajada jarohat olgan. Yana bir kishida evakuatsiya vaqtidagi tiqilinch oqibatida yurak xuruji yuz berdi va u vafot etdi. Barcha jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatildi”, deyilmoqda xabarda.
2015 yilning so‘nggi kunida Dubayning markazidagi mehmonxonada yong‘in chiqdi.
Mehmonxonada bo‘lgan barcha odamlar evakuatsiya qilingan. Guvohlarning aytishicha, binoning baland qavatlaridan pastga bo‘laklar tusha boshlagan va yerga tushgach parchalanib, o‘nlab metrlarga sochilib ketgan. Yong‘in sabablari hozircha noma'lum, biroq ba'zi guvohlarning aytishicha, u yuqori qavatlarda joylashgan qishki bog‘da boshlangan.