Jamiyat | 16:56 / 01.01.2016
6517
1 daqiqa o‘qiladi

Filippinda Yangi yil mushakbozligi vaqtida 380 kishi jarohatlanib, 1 kishi vafot etdi

Filippin poytaxti Manila shahrida 2016 yilning birinchi kuni kirib kelishi arafasida o‘tkazilgan Yangi yil bayrami tadbirlari vaqtda uyushtirilgan mushakbozliklar tufayli 1 kishi olamdan o‘tdi va 380 kishi jarohatlandi. Bu haqda Assoshieyted Press agentligi xabar tarqatgan.

Filippin Sog‘liqni saqlash vaziri Janet Garin noma'lum shaxs mast holda "Xayr, filippinliklar" nomli ulkan mushakni yoqib yuborgan. U chaqin tufayli olgan jarohatlari tufayli vafot etgan.

Mahalliy o‘t o‘chiruvchilar shu kuni Manilaning boshqa chekkalarida ham mushaklar otilishi tufayli yong‘inlar sodir bo‘lgani, mingga yaqin kulbalar yonib ketgani va odamlar jarohatlangani haqida ma'lum qilishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish