Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In “muqaddas adolat urushiga” tayyorligini aytdi
Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen In millatga yo‘llangan Yangi yil nutqida mamlakat Koreya yarimorolida tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish uchun yo‘naltirilgan faoliyatni davom ettirishi, biroq “muqaddas adolat urushiga” tayyorligini aytdi. Bu haqda The Guardian nashri ma'lum qildi.
“Biz Koreya yarimorolida tinchlikni o‘rnatish va mintaqada barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun mashaqqatli ishni davom ettiramiz. Biroq bosqinchi-ig‘vogarlar bizga salgina tegsa ham, biz ularga buni kechirmaymiz va muqaddas adolat urushi bilan yanada shafqatsizroq javob beramiz”, deb aytdi Kim Chen In.
Kim Chen Inning Yangi yil nutqining asosiy qismi Seul va Pxenyan o‘rtasidagi muzokaralarni tanqid qilishga hamda Janubiy Koreya va AQSh o‘rtasidagi alyansni qoralashga bag‘ishlandi. Shu bilan birga u mintaqada tinchlik va hamjihatlikga qiziqish bildirgan barcha bilan gaplashish uchun tayyorligini aytdi.