Sport | 19:39 / 01.01.2016
4646
2 daqiqa o‘qiladi

L’Equipe nashri reytingida Ronaldu kuchli uchlikka kira olmadi

Fransiyadagi L’Equipe nashri 2015 yilning eng yaxshi futbolchilaridan iborat o‘z reytingini tuzib chiqdi. Bu ro‘yxatda jami 100 nafar futbolchi joy olgan.

"Barselona" futbolchilari Messi, Neymar va Suares ro‘yxatning eng yuqori uchligidan o‘rin olgan, "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu to‘rtinchi o‘rinda qolgan.

Quyida kuchli o‘n beshtalik keltirilgan:

1) Lionel Messi («Barselona», Argentina, hujumchi);

2) Neymar («Barselona», Braziliya, hujumchi);

3) Luis Suares («Barselona», Urugvay, hujumchi);

4) Krishtianu Ronaldu («Real», Portugaliya, hujumchi);

5) Robert Levandovski («Bavariya», Polsha, hujumchi);

6) Tomas Myuller («Bavariya», Germaniya, hujumchi);

7) Manuel Noyyer («Bavariya», Germaniya, darvozabon);

8) Andres Inesta («Barselona», Ispaniya, yarimhimoyachi);

9) Antuan Grizmann («Atletiko», Fransiya, yarimhimoyachi);

10) Pol Pogba («Yuventus», Fransiya, yarimhimoyachi);

11) Serxio Aguero («Manchester Siti», Argentina, hujumchi);

12) Arturo Vidal («Yuventus» / «Bavariya», Chili, yarimhimoyachi);

13) Marko Verratti («PSJ», Italiya, yarimhimoyachi);

14) Janluiji Buffon («Yuventus», Italiya, darvozabon);

15) David Alaba («Bavariya», Avstriya, himoyachi).


France Football 2015 yil ramziy termasini tuzdi

Marca: Messi - yil futbolchisi, Ronaldu esa 8-o‘rinda

Bild nashri Gerd Myullerni Germaniya tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb topdi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish