Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mashhur M.A.S.H. serialida bosh rolni o‘ynagan AQShlik aktyor Ueyn Rojyers vafot etdi
AQShning M.A.S.H. serialida “Ovchi” laqabli Jon MakIntayr ismli bosh qahramon rolini ijro etish orqali mashhurlikka erishgan AQShlik aktyor Ueyn Rojyers 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda BNO News telekanali ma'lum qildi.
Aktyor 31 dekabrda zotiljam asoratlari sababli vafot etdi. Rojyers vakillari uning vafoti vaqti va joyi haqida ma'lumot berishmagan.
M.A.S.H. (Harbiy-dala gospitali) seriali Koreya urushi vaqtidagi Janubiy Koreyadagi sayyor jarrohlik gospitalidagi harbiy hayot haqida bo‘lib, 1972 yildan 1983 yilgacha davom etgan. Serial hanuzgacha yuqori reytinglarga ega bo‘lib, butun jahon bo‘ylab ko‘plab telekompaniyalar tomonidan efirga uzatilib boriladi.
Serialning ilk mavsumlaridagi syujyetlar harbiy gospitallar shifokorlari tomonidan so‘zlab berilgan real voqealar asosida olingan.