Jahon | 18:07 / 01.01.2016
4097
2 daqiqa o‘qiladi

Myunxen politsiyasi terakt xavfidan ogohlantirildi

Germaniyaning Myunxen shahri politsiyasiga Yangi yil bayrami kunlari vaqtida shaharda jangarilar tomonidan teraktlar amalga oshirilishi mumkinligi haqida xabar berilgan. Bu haqda shahar departamentining tvitteri orqali xabar qilingan.

"Ayni vaqtda Myunxenda terakt sodir etishga tayyorgarlik ko‘rilgani haqida gumonlar mavjud. Iltimos, shubhali shaxslardan uzoqroq yuring va yirik poyezd bekatlariga kelmaslikka harakat qiling", deyilgan xabarda.

Bu tahdid tufayli shahardagi ikki temir yo‘l bekati evakuatsiya qilingan, poyezdlar bu bekatlarda to‘xtamasdan o‘tgan. Terminallar kechasi yopiq turishi ma'lum qilingan.

Reyter agentligi xabariga ko‘ra, Germaniya huquqni muhofaza qilish organlari o‘z hamkorlari tomonidan yo‘llangan ogohlantirishni qabul qilgan. Bu ogohlantirishda IShID jangarilari guruhi Germaniya janubidagi shaharlardan biriga hujum qilishni rejalashtirgani haqida aytilgan. Ma'lumot bergan davlatning nomi aytilmagan. Bu hujum 7 kishidan iborat guruh tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgani aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish