Jahon | 16:28 / 01.01.2016
4287
1 daqiqa o‘qiladi

Nil daryosida parom cho‘kishi oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi

Nil daryosining Misr hududidan oqib o‘tuvchi qismida parom (solsimon yassi kema) halokatga uchradi va kamida 18 kishi cho‘kib ketdi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinishicha, bu voqea Kafr ash-Shayx viloyati hududida ro‘y bergan. Viloyat gubernatori ma'lumotiga ko‘ra, 22 kishi mingan parom Kafr ash-Shayxdan Buxayraga suzayotgan bo‘lgan.

Hodisa yuz bergan hududda qidiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisaning sababi hozircha aniqlanmagan.

2015 yilning iyulida Nilda ikki qayiq to‘qnashuvi tufayli 31 kishi halok bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish