Jahon | 20:33 / 01.01.2016
3742
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Amsterdam aeroportida britaniyalik erkak bomba portlatishi bilan tahdid qildi

Britaniyalik bo‘lgan shaxs Amsterdamdagi Sxipxol aeroportida bomba portlatishi bilan tahdid soldi. Britaniya axborot agentligi bo‘lmish Press Association bergan ma'lumotga ko‘ra, boshqa yo‘lovchilar bilan navbatda turgan 29 yoshli erkak hibsga olingan.

Voqea aeroportning uchinchi terminalida sodir bo‘lgan. Erkak kiyimlari orasida bomba yashiringanini aytib, qichqira boshlagan. Oradan bir necha daqiqa o‘tib, politsiya uni qo‘lga olgan.

Aeroport matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, erkak ayni damda hibsda ushlab turilibdi. Sxipxol aeroporti esa odatiy rejimda ishlashda davom etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish