Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston 2016 yilda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga raislik qiladi
Qozog‘iston 2016 yil 1 yanvardan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida raislik qiluvchi davlat bo‘ldi. Tashkilotning rahbariyati o‘zgarishi haqidagi qarorni 2015 yil 21 dekabrda YeOII hay'ati raisi Viktor Xristenko ma'lum qilgandi, deb xabar bermoqda «Kazinform» axborot agentligi.
Xristenkoning aytishicha, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashiga boshchilik qiladi.
Xristenko 1 fevraldan Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yangi tarkibi ish boshlashini aytdi. Xristenkoning ta'kidlashicha, hay'at va komissiya bo‘yicha izchillikning yuqori darajasini ta'minlash maqsadida o‘n a'zodan faqat ikki nafari yangi bo‘lib, ular Armaniston va Rossiya vakilidir.
Qozog‘iston raislik qiluvchi davlat lavozimida 2015 yil davomida tashkilotga boshchilik qilgan Belarusning o‘rnini egalladi.
Ma'lumot uchun, YeOII xalqaro iqtisodiy tashkilot bo‘lib, unga Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iziston kiradi.