Jamiyat | 10:48 / 01.01.2016
5238
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston Milliy banki dollarni sotish va sotib olish o‘rtasidagi farqni 6 tenge miqdorida belgiladi

Qozog‘iston Milliy banki valyutalar ayirboshlash punktlarida xorijiy valyutalarni sotish va sotib olish o‘rtasidagi farqni oshirdi. Endilikda dollarni sotish va sotib olish o‘rtasidagi eng katta farq 6 tengeni, yevro o‘rtasidagi farq esa 7 tengeni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda nur.kz sayti.

Ushbu hujjat 2016 yilning 1 fevralidan kuchga kiradi.

Avvalroq Qozog‘iston Milliy banki dollarni sotish va sotib olish o‘rtasidagi 2 tenge miqdoridagi farq saqlanib qolishini ma'lum qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish