Jahon | 22:37 / 01.01.2016
4885
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston va Ozarbayjon milliy valyutalari qadrsizlanishi bo‘yicha 2015 yilda yetakchi bo‘ldi

2015 yil natijalariga ko‘ra, Ozarbayjon manati, Qozog‘iston tengesi va Zambiya kvachasi devalvatsiya (milliy valyutaning boshqa valyutalar yoki oltinga nisbatan qadrsizlanishi) bo‘yicha uchta yetakchi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi. Bu milliy valyutalar mos ravishda 50 foiz, 47 foiz va 42 foizga qadrsizlangan.

Eng zaif milliy valyutalar beshtaligiga, shuningdek, Belarus rubli va Argentina pesosi kirdi. Ushbu ro‘yxatda 7-o‘rinni Ukraina grivnasi egalladi. Grivna ketma-ket ikkinchi yil bu ro‘yxatdan joy olmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish