Jahon | 12:34 / 01.01.2016
7396
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya yetakchisi Yangi yilning birinchi kuni bobosi va otasi – Kim Ir Sen va Kim Chen Irning xotiralarini yod etdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatning partiya va harbiy arboblarining katta guruhi hamrohligida 2016 yil 1 yanvarda uning bobosi va otasi – Kim Ir Sen va Kim Chen Irning jasadlari joylashgan tobutlar saqlanadigan Kimsusan saroyiga tashrif buyurdi va ularning xotirasini Yangi yil munosabati bilan yod etdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentiligi ma'lum qildi.

Shundan keyin Kim Chen In millatga yo‘llangan yangi yil murojaatida mamlakat siyosiy yo‘nalishining asosiy jihatlarini bayon etdi. U Janubiy Koreya bilan munosabatlarning yaxshilanishi tarafdori ekanligini aytdi. Uning aytishicha, Shimoliy Koreya “tinchlik va vatanning birlashishi tarafdorlari bilan muzokaralar uchun ochiq”. Kim Chen In shuningdek, Seuldan Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasida Koreya yarimorolida keskinlikni kamaytirish maqsadida 2015 yilning avgustida erishilgan kelishuvni hurmat qilishga chaqirdi. Uning fikricha, Seul “ikki tomon o‘rtasida yarashuv jarayonini barbod qila oluvchi harakatlardan voz kechishi kerak”.

Kim Chen In o‘z nutqida Shimoliy Koreyaning yadroviy dasturi haqida eslatib o‘tdi va Pxenyan “tashqi dushman kuchlar tomonidan yuzaga keltiriladigan urushga tayyorligini” aytdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish