Sport | 17:18 / 01.01.2016
4827
1 daqiqa o‘qiladi

Van Gaal: «Suonsi»ni yengishimiz shart, aks holda chempionlikdan umidni uzsak ham bo‘ladi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gaal Angliya premer-ligasining 20-turi doirasida «Suonsi»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan jurnalistlar bilan gaplashdi.

«Biz «Suonsi»ni mag‘lub etishimiz shart, aks holda yetakchilar bilan farq oshib ketadi va chempionlikni unutsak ham bo‘ladi.

Albatta, g‘alaba qozongan paytingda o‘zingni ancha yaxshi his qilasan. «MYu»ga g‘alaba kerak. Boisi, mavsum so‘ngida biz peshqadamlar safida bo‘lishni istaymiz, jadval o‘rtasida emas», — deydi van Gaal.

Ma'lumot uchun, «Manchester Yunayted» hozirda APL jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi va jamoa peshqadam «Arsenal»dan 9 ochko ortda qolmoqda.

Van Gaal: Faoliyatimning oxirigacha «Manchester Yunayted»da qolmoqchiman

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish