Sport | 22:36 / 02.01.2016
6057
2 daqiqa o‘qiladi

APL 20 tur: “Arsenal” yakka peshqadamga aylandi, “Lester” “Bornmut”ni yuta olmadi, “MYu” 21 noyabrdan beri ilk g‘alabasiga erishdi

Angliya Premer-ligasining 20-turida “Arsenal” Londonda “Nyukasl” bilan uchrashdi. Uchrashuv 1:0 hisobida kanonirlar hisobiga yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona to‘pni Loran Koselni urdi.

“Arsenal” shu g‘alabasi evaziga APLning yakka peshqadamiga aylandi. Endi londonliklar 2-o‘rindagi “Lester Siti”dan 2 ochko oldinda ketmoqdalar.

Angliya Premer-ligasi, 20-tur


"Arsenal" – "Nyukasl Yunayted" – 1:0
Gol: Koselni, 72 (1:0).

“Lester” esa o‘z maydonida “Bornmut” bilan natijasiz durang hisob qayd qildi (0:0).

"Lester Siti" – "Bornmut" – 0:0
Urilmagan penalti: Marez, 59 (Lester).
Chetlatish: Frensis, 57 (Bornmut).

Yana bir uchrashuvda “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Suonsi Siti”ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mankunianliklar bu g‘alaba bilan barcha musobaqalarda qayd qilingan 8 ta g‘alabasiz seriyaga chek qo‘yishdi. Mankunianliklar oxirgi marta g‘alabani APLning 13-turida, 21 noyabrda “Uotford”ni 2:1 hisobida mehmonda yutib, qo‘lga kiritgandi.
Mezbonlar safida Antoni Marsyal va Ueyn Runi, mehmonlar safida esa Gilfi Tor Sigurdsson o‘z hisoblariga bittadan to‘p yozib qo‘yishdi.

"Manchester Yunayted" – "Suonsi Siti" – 2:1
Gollar: Marsyal, 47 (1:0); Sigurdsson, 70 (1:1); Runi, 77 (2:1).

Turdan o‘rin olgan qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd qilindi:

"Sanderlend" – "Aston Villa" – 3:1
Gollar: van Anxolt, 30 (1:0); Xil, 63 (1:1); Defo, 72 (2:1); Defo, 90+2 (3:1).

"Norvich Siti" – "Sautgempton" – 1:0
Gollar: Tetti, 76 (1:0).
Chetlatish: Vanyama, 73 (Sautgempton)

"Vest Bromvich Albion" – "Stok Siti" – 2:1
Gollar: Sessenon, 60 (1:0); Uolters, 81 (1:1); Evans, 90+3 (2:1).
Chetlatish: Kemeron, 83 (Stok Siti).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish