Jahon | 09:09 / 02.01.2016
8233
3 daqiqa o‘qiladi

AQShning sobiq elchisi: xorijda amerikaliklarni qotillar deb hisoblashadi

“AQSh qurol-aslaha sotish va urushlarni yuzaga chiqarishni to‘xtatmaguncha olamda tinchlik bo‘lmaydi”, deb aytilmoqda Yangi yil arafasida Pittsburgh Post-Gazette gazetasida nashrning bosh muharriri yordamchisi, AQShning bir qator davlatlardagi sobiq elchisi Den Simpson tomonidan chop etilgan maqolada.

“2015 yil yakuni bo‘yicha AQShga nisbatan bo‘lgan munosabatni tahlil qilsak, men shunday xulosaga keldimki, biz o‘z uyimizda ham, xorijda ham qotillar millati hisoblanamiz. Bu sizga yoqadimi-yo‘qmi, biz haqimizdagi fikrlar shunday. Men uchrashgan ko‘pchilik xorijliklar bizni telbalar deb hisoblaydi. Deyarli barcha bizda dunyo hamjamiyatiga xavfni ko‘radi”, deb yozmoqda sobiq diplomat.

“Xorijda bizni qotillar deb hisoblashadi. Boshqa davlatlarga AQSh uning fikricha ularga mos keladigan boshqaruv tuzumini o‘rnatish yoki ular tomonidan go‘yoki yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarni bahona qilib, ularga bombalar yog‘dirish yoki ularning yetakchilarini o‘ldirish uchun uchuvchisiz parvoz qurilmalarini yuborish yo‘li bilan o‘z tazyiqini o‘tkazishga qaror qilmasliklari uchun tangriga iltijo qilishlaridan boshqa iloj qolmayapti”, deb aytmoqda Simpson.

Simpson o‘z so‘zining isboti sifatida Iroq va Afg‘onistondan boshlab Liviya va Yamangacha bir qator misollarni keltirib o‘tdi. U Buyuk Britaniya kabi “AQShning ittifoqchilari deb ataluvchi ba'zi davlatlar AQShning qotillikka moyilligini jilovlab turish uchun uning tomonini olishiga to‘g‘ri keladi”, deb aytmoqda.

Uning aytishicha, qolgan davlatlar, jumladan AQSh o‘z qurol-aslahasining xaridori sifatida mulozamat qiladigan Hindiston u bilan emas, balki Rossiya bilan ish ko‘rishni afzal biladi. Simpsonning AQShning ichki ishlaridagi tanqidiy fikrlari mamlakatda qurolning erkin sotilishi va “cherkov va maktablarda” muntazam ravishda ommaviy qotilliklar yuz berayotgani bilan bog‘liq.

Muallifning fikricha, yuqorida keltirilgan barcha ofatlarda avvalambor AQShning “qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi sanoati” va uning nufuzli tarafkashlari aybdor. Maqola “qo‘shinlarni uyga qaytarish” chaqig‘iri bilan yakunlangan. “Biz buni qilmagunimizcha, olamda tinchlik bo‘lmaydi. Keling, qotillar bo‘lishda davom etmaylik", deb o‘z so‘zlarini yakunladi Simpson.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish