Jahon | 20:31 / 02.01.2016
3883
1 daqiqa o‘qiladi

BMT: 2015 yilda Iroqda qurolli hujumlar natijasida 7515 kishi halok bo‘ldi

2015 yilda terrorchilik va qurolli hujumlar natijasida Iroqda 7,5 ming kishi halok bo‘ldi. BMTning Iroqdagi missiyasi (MOONSI) keltirgan hisobotda 2015 yilning dekabr oyida 980 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

"2015 yil bo‘yicha halok bo‘lganlar va yaralanganlar hisobi 22 370 nafar kishini (7515 nafar halok bo‘lganlar, 14855 nafar yarador bo‘lganlar)" tashkil etadi. Bu ma'lumotlarni Al Arabiya telekanali tasdiqlagan.

"2015 yilning dekabr oyi bo‘yicha tinch aholi vakillari orasidan 506 kishi halok bo‘lgan, 867 kishi esa yaralangan", - deyiladi ma'lumotda. Ko‘pchilik qurbonlar Bag‘dodda qayd etilgan — 261 kishi. Undan keyin esa IShId tomonidan 68 kishi o‘ldirilgan Naynava provinsiyasi turadi.