Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bryusselda 31 dekabrda teraktlar uyushtirish ishi bo‘yicha qo‘lga olinganlarning barchasi ozod etildi
Belgiya tergov organlarining xodimlari Bryusselda 31 dekabrda teraktlar uyushtirmoqchi bo‘lganlikda gumonlanib qo‘lga olingan uch nafar kishini ozod etdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
“Bryusselda teraktlar xavfi bo‘yicha o‘tkazilgan tergov doirasida uch nafar qo‘lga olingan so‘roqdan keyib qo‘yib yuborilgan”, deyilmoqda rasmiy xabarda.
Politsiya ushbu ish bo‘yicha Molenbek, Sint-Piters-Leuv va Anderlext kommunalari, Laken tumani va Flamand Brabanti viloyatida 6 nafar gumonlanuvchini hibsga olgandi. Ulardan 3 nafari o‘sha kunning o‘zidayoq qo‘yib yuborilgan, yana 3 nafari esa bir kunga hibsda ushlab turilgan.